Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.internal_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 27

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.input_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 28

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.output_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 29
Ifisipro 2 mg/ml 100 ml
шаблон интернет магазина joomla
Скачать шаблоны Joomla 3 на русском.
Спортивные Joomla 3 шаблоны.

Ifisipro

Ificipro

Siprofloksatsin - infuziyalar uchun eritma.
200 mg/100 ml

Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhidan  mikroblarga qarshi  keng spektrdagi harakat.  Bakteritsid ta'sirga ega.  Preparat  bakteriyalarning  DNK-giraza fermentini  paysalga solib, buning oqibatida DNK replikatsiyasi  va  hujayra oqsillarining sintezi  buziladi.   Siprofloksatsin   ko’payib boruvchi , shuningdek, tinchlanish bosqichida bo’lgan mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi.   
Siprofloksatsinga qarshi gramm-manfiy aerob bakteriyalarning: enterobakteriyalarning (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; ba’zi hujayralar ichi qo’zg’atuvchilarning : (Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare   sezgirligi aniqlangan.   
Shuningday siprofloksatsinga gramm-musbiy  aerob bakteriyalarning: Staphylococcus spp. (S.aureus, S.haemolyticus, S.hominis, S.saprophyticus), Streptococcus spp. (St. pyogenes, St.agalactiae) sezgirligi aniqlangan. Metisillinga turg’un stafilokkoklarning asosiy qismi siprofloksatsinga turg’un.  
Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis  bakteriyalarining sezgirligi o’rtamiyona.
Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroids kabilar preparatga  qarshi chidamlidir.

Farmakokinetika  
Vena ichiga 200 mg yoki 400 mg yuborilganidan keyin  60 daqiqa  ichida Gmax ga  erishiladi, tegishlicha Gmax ning miqdori   2.1 mkg/ml va 4.6 mkg/ml ni tashkil etadi. Vd - 2-3 l/kg,  plazma oqsillari bilan aloqa - 20-40%.
Organizm to’qimalarida qulay taqsimlanadi   ( yog’larga boy to’qimalar, shu jumladan, asab to’qimalari bundan mustasno).  To’qimalardagi hajmi plazmadagiga nisbatan 2-12 barobar yuqori.     Terapevtik konsentrasiyalari so’lak, bodomsimon bezlar, jigar,  o’t pufagi, safro, ichak, qorin  bo’shlig’i va kichik tos organlari, bachadon, maniy,  prostata to’qimalari, endometriy, fallopiy naylari va tuxumdonlar, buyrak va siydik chiqaruv  organlari,  o’pka to’qimalari, bronx sekreti, suyak to’qimalari, mushak, sinovial suyuqlik va bo’g’im kemirchagi, qorin suyuqligi va terida  erishiladi.  
Siprofloksatsin, shu bilan birga, yo’ldosh orqali ko’z  ichki suyuqligi, bronx sekreti, o’pka pardasi, qorin pardasi, limfaga ham qulay kirib boradi.  Qon neytrofillaridagi siprofloksatsin konsentrasiyasi  zardobdagiga nisbatan 2-7 barobar yuqoridir.   
 Vena ichiga yuborilganda - T 1/2 - 5-6 s, surunkali buyrak yetishmovchiligida- 12 s qadar.  
Vena ichiga yuborilganidan keyin, dastlabki 2 soat ichida, siydikdagi konsentratsiyasi  zardobdagiga nisbatan 100 barobar yuqori bo’lib, ushbu ko’rsatgich  siydik chiqaruv yollari qo’zg’atuvchilarining asosiy soniga tegishli  MPK (minimal bosuvchi konsentratsiya)dan  sezilarli darajada kattaroq.    

Dozalash
Vena ichiga yuborish ko’rsatilgan.  
Preparat vena ichiga  tomchilab, 30 daqiqa  (200 mg) va 60 daqiqa (400 mg)da yuboriladi.  Infuzion eritmani  0,9% li natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, 5% va 10%li dekstroza  eritmasi, 10%li fruktoza eritmasi, shuningdek , 5%li dekstroza eritmasining 0.225% yoki 0.45%li natriy xlorid bilan aralashmasini ichiga olgan eritma  bilan birlashtirish mumkin.  
Siprofloksatsinni  dozalashda kasallikning og’irligi, infeksiya  turi, tana holati, bemor yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga e’tibor beriladi. Odatda tavsiya etilgan dozalar:
Vena ichiga  bir  martalik yuborish uchun - 200 mg ( og’ir infeksiyalarda - 400 mg), yuborilish soni - 2 marotaba/sutkada;  davolash muddati kasallikning og'irligiga bog'liq - 1-2 xafta, zarurat  tug’ilganda undan ko’proq.
O’tkir so’zakda - bir marotaba 100 mg vena ichiga.  
Operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun – operatsiyadan  30-60 daqiqa oldin  vena ichiga 200-400 mg yuboriladi.
Urikozurik preparatlarning  birlashtirib yuborilishi organizmdan chiqishini (50% cha) sekinlashtiradi va siprofloksatsinning plazmadagi  konsentrasiyasini  oshishiga olib keladi.   
Mikroblarga qarshi boshqa preparatlar (beta-laktamlar, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan  qo’shilganda,  odatda sinergizm  kuzatiladi; Pseudomonas spp. Oqibatida paydo bo’lgan infeksiyalarda  azlotsillin va seftazidim ;  streptokokk infeksiyalarida- mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar ;  stafilokokk infeksiyalarida- izoksazolpenisillin va vankomisin;  anaerob infeksiyalarda- metronidazol va klindamisin bilan birgalikda qo’llash mumkin.   
 
Homiladorlik va laktatsiya
To’g’ri kelmaydi.
 
Nojo'ya ta'sirlari
Oshqozon tizimi tomonidan: ko’ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og’rig’i, meteorizm, anoreksiya, xolestatik  sariqlik  ( ayniqsa jigar kasalliklariga chalingan bemorlarda), gepatit, gepatonekroz.  
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, charchoq, bezovtalanish.
Qon ishlab chiqarish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombositopeniya, leykositoz, trombositoz, gemolitik anemiya.   
 
Laboratoriya ko’rsatkichlari tomonidan: gipoprotrombopeniya, jigar transaminazasi va ishqoriy fosfotaza faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya.   
Allergik reaksiyalar: qichima, eshak yemi,  qon ketishi bilan kuzatiladigan qavariqlarning va qasmoqlardan tashkil topgan mayda tugunlarning paydo bo’lishi, dori vositasi bilan bog’liq  bezgak, xol-xol qon quyilishi (petexiyalar),  yuz va tomoqning  shishishi , nafas bo’g’ilishi, eozinofiliya, yorug’lik sezgirligining oshishi, vaskulit, tugunli eritema,  ko’p shakilli  eksudativ eritema,  Stivens-Jonson sindromi  (xavfli ekssudativ eritema),  toksik  epidermal nekroliz.

 Ko’rsatmalar
Siprofloksatsinga sezgirli mikroorganizmlar tufayli  kelib chiqqan   yuqumli va  yallig’lanish kasalliklari:
- nafas olish yo’larida
- quloq, tomoq va burunda:   o'rta otit, sinusit, sinusit, sinusit, mastoidit, tonzillit, faringit
- buyrak va siydik chiqaruv yo’llarida: sistit, piyelonefrit
- jinsiy a’zolarda: prostatit, adneksit, salpingit, ooforit, endometrit, tubulyar abstsess, pelvioperitonit, so’zak,  yumshoq shankr, xlamidioz
- ovqat hazm qilish tizimida (jumladan, og’iz, tish va jag’da) o’t pufagi va safro chiqarish yo’llarida: peritonit, qorin bo’shlig’I abstsesslari, salmonellyoz, ich terlama, kampliobakterioz, iyersinioz, shigellyoz, vabo
- teri, shilliq parda va yumshoq  to’qimalarda:   yuqumli yaralar,  jaroxatlar, abstsesslar, flegmonalar
- suyak-mushak tizimi : osteomielit, septik artrit

Jarrohiy  infeksiyalarning oldini  olish
Siprofloksatsin sepsis va peritonitni, shuningdek,  immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolash ( immunodepressantlar bilan terapiya)da ko’rsatiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- oxtamembranoz  kolitda
- bolalar uchun  ( 18 yoshgacha, ya’ni  skelet shakillanishining tugagunicha)
- homiladorlikda
- laktasiya davrida
- o’ta sezuvchanlikda

Ehtiyotkorlik bilan – kuchli  miya tomirlari aterosklerozi,  miyada qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar,  tirishish sindromi, epilepsiya, og’ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksa yosh.  
 
Alohida ko’rsatmalar
Siprofloksatsin bilan  davolash davrida yoki undan keyin  uzun muddatli va og’ir diareya yuzaga kelsa,  preparat qo’llanishini darxol to’xtatilishini va tegishli davolash usullarining qo’llanishini talab etuvchi soxtamembranoz kolit tashhisini istisno etish kerak.
Paylarda og’riq paydo bo’lishi yoki tendovaginitning dastlabki belgilarining paydo bo’lishi  holatlarida preparat bilan davolashni to’xtating.
Siprofloksasin bilan davolash paytida  normal siydik chiqishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi.  
Siprofloksatsin bilan davolash jarayonida tog’ridan-tog’ri quyosh nurlari bilan aloqaning oldini olish kerak.

 Print 

игры для девочек.
новые игры про снежка.