Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.internal_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 27

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.input_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 28

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.output_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 29
Ursodeoksixol LIK 250 mg № 20
шаблон интернет магазина joomla
Скачать шаблоны Joomla 3 на русском.
Спортивные Joomla 3 шаблоны.

Ursodeoksixol

Ursodeoxychole LIK

Ursodeoksixol

Tarkibi
Preparatning 1 kapsulasida:
Ursodeoksixol kislotasi – 250 mg

Farmokologik guruhi
Ovqat hazm qilish yo’llari kasalliklarida qo’llaniladigan dori vositalari.  
O’t pufagi toshining shakllanishini oldini oluvchi vas afro chiqishini osonlashtiruvchi dori vositalari.  

Farmokologik ta’siri
Ursodeoksixol – ursodeoksixol kislotasini tarkibiga oluvchi preparat. Odatda,   ursodeoksixol kislotasi kichik  miqdorda safroda  mavjud bo’lib, zaharlilik ma’noda  barcha safro kislotalaridan eng  zaifi hisoblanadi.  
Ursodeoksil kislotasini  qabul qilish jigar xolesterini sintezining pasayishi va ichaklardagi xolesterinning singishiga yordam beradi. Bundan tashqari, xolesterin bilan  birgalikda ursodeoksixol kislotasi suyuq kristallarining paydo bo’lishi xisobig xolesterin toshlarining erishiga, safro litogenligining kamayishiga va xolatxolesterin indeksining pasayishiga yordam beradi.  
Jigar kasalliklari va xolestatik holatlarda Ursodeoksixol preparati zaharli safro kislotalarini siprotektor ursodeoksixol kislotasi bilan almashtirish,   gepatositlarning secretor salohiyatini  yaxshilash  va immunoregulyator jarayonlarini rag’batlantirishi evaziga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.  
Og’izdan qabul qilinganda ursodeoksixol kislotasi oshqozon traktida qulaycha singib, taurin va glitsin kabi aminokislotalar bilan bog’lanadi va   safro bilan chiqariladi.  Ursodepksixol preparatining faol moddasi  safro ichida to’planib, bu to’planish darajasi jigar holatiga bog’liq bo’ladi. Ursodeoksixol kislotasini qabul qilinishi jarayonida lipofilik o’t kislotalar sathining  birmuncha pasayishi  kuzatiladi. Ursodeoksixol kislotasi ning metobolizatsiyasi asosan  ichak yollari va  jigarda   yuz beradi. Faol moddaning  yarim parchalanishi 3,5-5,8 kunni egallaydi.  

Qo’llash uchun ko’rsatmalar
I. Manifestli xolestaz bilan sodir bo’ladigan kasalliklar:
Boshlang'ich sklerozan xolangit. Boshlang'ich  biliar jigar sirrozi.
O'tkir va surunkali virusli gepatit.
Spirtli ichimliklar ist’emol qilish bilan bog’liq jigar kasalliklari.
Dori –darmonlar bilan bog’liq  (gormonlar, sitostatiklar va h.)  jigar kasalliklari.
Tug’ma duktopeniya (intragepatik safro yo’llari gipoplaziyasi, Alajil sindromi).
Mukovistsidoz ( kistozli fibroz).
Homiladorlar gepatozi.
Neonatak xolestazlar.
Parenteral oziqlanish bilan bog’liq xolestaz.
II. Manifestli xolestazsiz sodir bo’ladigan kasalliklar(subklinik xolestaz bilan ):
Surunkali gepatitlar, jumladan virusli va spirtli.
Spirtli ichimliklar bilan  bog’liq bo’lmagan  steatogepatit.
O’t tosh kasalligi.
O’t yollarining diskeneziyasi.
Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagit.
Nospesifik  yarali kolit va Kron kasalligi bo’lgan bemorlarda  xavfli o’smalar oldini olish.   

Qollash usuli
Ursodeoxycholic og'zaki foydalanish uchun mo'ljallangan. Kapsulalarni qabul qilishdan oldin ezish yoki chaynashning keragi yo’q.  Kundalik dozasi odatda bir marotabada qabul qilinadi.  Dorini kechqurun, uxlashdan oldin , kapsulalarni suv bilan qabul qilish  tavsiya qilinadi. Terapevtik samaraga erishish uchun Ursodeoksixol  preparati muntazam ravishda qabul  qilinishi kerak. Ursodeoksixol bilan davolanish muddati va dozasi shifokor tomonidan belgilanadi.   
Xolesterin  o’t toshi bilan bemorlarga odatda  1 kg tana og’rligiga 10 gramm Ursodeoksixolning kundalik dozasi ko’rsatilgan.
Davolash muddati 6- 24 oygacha. Ursodeoksixol bilan davolanishdan boshlab  12 oy ichida  xolesterin o’t pufagi  toshlarining kamayishi kuzatilmasa, davolash to’xtatiladi.  
Safro reflyuksi bilan kuzatiladigan gastrit kasalliklarida, bemorlarga odatda, Ursodeoksixol preparatining kunda 1 kapsuladan qabul qilinishi ko’rsatilgan.  
Davolash muddati 10- 14 kun.  Zarurat tug’ilganda, shifokor davolash muddatini uzaytirishi mumkin.  
Boshlang’ich biliar sirrozda, odatda, bemorlarga kunda 1 kg tanaga 14 mg Ursodeoksixol kislotasi ko’rsatilgan.  Davolashning dastlabki bosqichida ursodeoksixolning kundalik dozasi uch qismga bo’linib, qabul qilinadi ( bunda, har bir   kapsula tarkibida 250 gm ursodeoksixol  kislotasi ning mavjudligi inobatga olinadi) uning asosiy qismini kechqurun qabul qilinishi tavsiya etiladi). Ko’rsatkichlar yaxshilangandan keyin, Ursodeoksixolning kundalik dozasi bir marotabada  uxlashdan oldin qabul qilinadi.   
Boshlang’ich biliar sirroz bilan og’rigan bemorlar uchun Ursodeoksixol preparati bilan davolash muddati cheklanmagan. Ba’zi hollarda, davolash  boshlanishida, klinik simptomlarning  yomonlashuvi yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda  preparatning kundalik dozasi  1 kapsulaga qadar kamaytirilib, bora-bora kerakli terapevtik dozasiga yetkaziladi ( dozaning ko’paytirilishi xaftada 1 kapsula qo’shilishi bilan amalga oshiriladi).  

Nojo’ya ta’siri
Ursodeoksixol preparatini qo’llash jarayonida bemorlarda quyidagi nojo’ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:  
Oshqozon trakti va gepatobiliar tizimda: jigar sohasidagi og’riqlar ( asosan dastlabki biliar sirroz bilan kasallangan bemorlarda), diareya, jigar fermentlari faolligining tranzitor yuksalishi.

Qarshi ko’rsatmalar
Ursodeoksixol  kislotasi va kapsulalar  qo’shimcha moddalariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo’lgan bemorlarga  Ursodeoksixol bilan davolanish ko’rsatilmaydi.
O’t pufagi va o’t yollarining  o’tkir yallig’lanishida, o’t yollaridan o’tish qiyinliklarida, shuningdek, o’t pufagining qisqarish funksiyasining buzilishida Ursodeoksixol  preparati bilan davolanish ko’rsatilmaydi.  
Radiologik usullar bilan  ko’rinishi mumkin bo’lmagan o’t pufagiga ega , shuningdek, o’t toshlari qotgan va sanchiqli og’rig’i mavjud bo’lgan  bemorlarga  Ursodeoksixol bilan davolash ko’rsatilmagan.   
Ursodeoksixol  kapsulalarini  buyrak va jigar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun qo’llash mumkin emas.  
Pediatriya amaliyotida  Ursodeoksixol bilan davolash  faqat 5 yoshdan katta bo’lgan bolalar uchun  ko’rsatilgan.  

Homiladorlik
Ursodeoksixol ni  homiladorlikning birinchi uch oyligida qo’llash mumkin emas. Sog'liqni saqlash sabablarga ko'ra Ursodeoksixolni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qo’llash maqsadga muvofiq deb bilinadi.   Tug’ish yoshidagi ayollarga ursodeoksixol bilan davolashdan oldin,  davolash jarayonida homiladorlikni  oldini olish maqsadida kontraseptsiya  usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.  
Laktatsiya jarayonida Ursodeoksixol bilan davolash zarurati tug’ilganda, ko’krak suti bilan  boqishni to’xtatish masalasini hal qilish  ko’rsatilgan.  
Boshqa dori vositalari bilan  o’zaro ta’siri.  
Alyuminiy gidroksid, alyuminiy oksid va magniy silikatni tarkibiga kirituvchi kolestipol, kolestiramin va  antacid preparatlar bilan   qo’llanganda,  ursodeoksil kislotasi singishining pasayish ehtimoli bor.  Qo’shib qabul qilish zaruriyatida, ushbu preparatlarni qabul qilish  oralig’I 2 soatdan kam bo’lishi mumkin emas.  
Ursodeoksixolni qo’shib qabul qilish natijasida  siklosporinning ichakka singishi yuksaladi (qo’shib qabul qilishda siklosporinning plazmadagi satxini nazorat qilib, kerakli gida dozasini taqsimlash lozim).  
Siprofloksatsinning Ursodeoksixol kislotasi  bilan qo’shilganida,  uning singishining pasayishining  yuzaga kelish ehtimoli bor.  
Klofibrat, probukol, bezafibrat bilan qo’llanganda Ursodeoksixol kislotasining davolovchi samarasi birmuncha pasayadi.  
Bundan tashqari, peroral kontraseptivlar va estrogenlarni qo’llanuvchi, shuningdek,  kletchatkaga boy diyetadan voz kechib, yuqori darajadagi xolesterinli  mahsulotlarni iste’mol qiluvchi bemorlarda ursodeoksixol preparati bilan davolanish samarasining pasayishi ehtimoli bor.

 Print 

игры для девочек.
новые игры про снежка.