Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.internal_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 27

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.input_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 28

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.output_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 29
Lorkof 100 ml
шаблон интернет магазина joomla
Скачать шаблоны Joomla 3 на русском.
Спортивные Joomla 3 шаблоны.

Lorkof

Lorkof

Lorkof

Suyuq, olovrang shaffof sirop

Tarkibi
10 ml hajmdagi sirop o`zida  2 mg   ekvivalent salbutamol  miqdorida salbutamol sulfat , 4 mg bromgeksin gidroxloridi, 100 mg gvayfenezin, 1 mg mentolni saqlaydi.

Dori shakli
Sirop.

Farmokoteraptik guruhi
Tizimli qo`llanish uchun mo`ljallangan adrenergik vosita. Salbutamol, kombinatsiyalar.

Dorining ta`siri
Farmakologik xususiyatlari. Lorkof –  bronxologik, mukolotik va balg`amni yumshatish xususiyatlari bilan kombinatsiyalangan preparat.
Salbutamol – beta-adrenoreseptorlarning tanlangan agonisti. Bronxodilatatsiyaga olib keluvchi bronxlardagi retseptorlarga yuqori tanlov faoliyati  ; terapevtik dozalarda umuman yurak retseptorlariga xalaqit bermaydi.
Bromgeksin – faol mukolitik preparat. U shilimshiq va iringli sekretlarning  nafas olish yo`llaridagi balg`am ajralishi jarayonini ta`minlaydi.
Gvayfenezin – quruq samarasiz yo`talni mokrotalarning yopishqoqligini , uning hajmini    kamaytirish va balg`am ajralishini yengillashtirish evaziga yumshatadi.
Mentol – spazmolitik ta`sirga ega bo`lib, bronxial bezlarning sekretsiyasini yumshoq stimulyatsiyalashtiradi, antiseptik xususiyatlarga ega hamda bronxlarning shilliq qavati tebranuvchi epiteliyining vazifasini yangilaydi.

Qo`llanishi
Bronxial astma.
O`tkir va surunkali bronxit.
Bronxeaktik kasallik.
Ko`k yo`tal.
ORVI.
Shuningdek, bronxospazm bilan birga keluvchi bronxolegik kasalliklar ,  bronxial daraxtning balg`am bilan qoplanishi, og`ir balg`amlanish.

Qo`llash usullari va dozalari
12 yoshdan katta bo`lgan bolalar va kattalar uchun 1-2 choy qoshiq Lorkof (5 – 10 ml) kuniga 3 marta qabul qilish ko`rsatiladi.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun 1 choy qoshiq (5 ml)kuniga 3 marta ;6 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun 1-2 choy qoshiq (5 – 10 ml) kuniga 3 marta qabul qilish ko`rsatiladi.
Davolanish muddati 5 – 10 kun.

Nojo`ya ta`sirlari
Preparat yaxshi o`zlashtiriladi. Ammo kamdan kam hollarda qo`llar temori, taxikardiya , mushaklar sudirgisi, bosh og`rig`i , bosh aylanishi ; hazm qilish va ichak traktlaridagi buzilishlar – ko`ngil aynishi  , qayt qilish, diareya , qorindagi og`riqlar , gipokaliyemiya , allergik reaksiyalar kuzatiladi.

Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Taxikardiya,yurak ritmi buzilgan bemorlarga. Homiladorlikning I trimestri. Uch yoshgacha bo`lgan bolalar.

Dozani oshirib yuborish
Simptomlari: taxikardiya, bosh og`rig`i, periferik vazodilatatsiya.
Davolanishi:Oshqozonni yuvish, qayt qilishni chaqirish, faollashtirilgan ko`mirni buyurish, simptomatik terapiya.

Ogohlantirishlar
Lorkof siropi gipertireozli , qandli diabetga ega , yurak-qon tomirlari kassaliklariga ega , arterial gipertenziyaga ega , oshqozon  hamda o`n ikki barmoqli ichak yazvasiga ega  bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi.
Preparat bronxospazmni yo`qotish uchun qo`llanilmaydi.
Homilador va emizikli ayollarga.
Homilador va emizikli ayollarga qo`llash bo`yicha ogohlantirishlar mavjud emasligiga ko`ra, bunday holatlarda ona uchun potensial foyda homila yoki  bola uchun kutilayotgan xavfdan ustun bo`lsagina qo`llanishi mumkin.

 Print 

игры для девочек.
новые игры про снежка.