Magnikum
Magnikum
Kiyev vitamin zavodi
Mahsulot takribi va shakli
Tabl. p/plyon. qobiqli. ichakda eriydigan. blister, № 50
Magniy laktat digidrat 470 мг
Piridoksin gidroxlorid 5 мг
Farmakoligik xususiyatlari
Magnikum preparatining terapevtik ta’siri uning inson va hayvonlar tanasi biokimyoviy reaktsiyalarida keng miqyosda ishtirok etgan va hammaga ma’lum bo’lgan, ikki faol tarkibiy qismining sinergik harakati natijasidir.
Magniy- barcha fermentative, AT-qaram reaktsiyalarning muhim tarkibiy qismidir; u uglevodlar, oqsillar va yog'lar metabolizmida, shuningdek oksidlash- tiklash reaktsiyalarda ishtirok etadi.
Magniy glikolitik ferment, hujayrali oksidlash fermentlari, nuklein kislota sintezi fermentlarini faollashtiriadi; shuningdek, miokard qisqarishi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Magniy- trombositlar va fibrinogen stabilizatoridir. AG, tomir siqilishi, neoplastik kasalliklar va siydik-tosh kasalligida magniy yetishmovchiligining patogenetik roli ma’lumdir. Magniy asab va mushak qo’zg’alishida ham asosiy rolga ega bo’lib, bu jarayonda kalsiyning antogonisti sifatida o’rtaga chiqadi.
Pirodoksin asosan aminokislotalar metabolizmida ishtirok etadi, piridoksalfosfat shaklida dekarboksillash va transaminlashni kataliz etuvchi fermentlar , shuningdek, uglevodlar va yog’lar tarkibiga kiradi. Membrana orqali aminokislotalar transportiga yordam beradi, fosforilazaning faollashuvi, neyromediatorlar, gamma-amin yog’li kislotalar, glisin, serotoninning hosil bo’lishi uchun muhim. B12 vitamini, foliy kislotasi almashinuvida , porfirinlar, to’yinmagan yog’li kislotalar sintezida qatnashadi. Miokardda ayniqsa gipoksiyada yuzaga keluvchi metabolic jarayonlarni faollashtiradi, neyrotropik, gemopoetik, kardiotropik va gepatotropik xususiyatga ega. Magniy va B6 vitaminining o’zaro ta’sir ko’rsatish mexanizmi hozircha noma’lumdir. Har ikki tarkibiy qismning yetishmovchiligi va dozasining oshiririlib yuborilishi simptomlari o’xshash bo’lsada, B6 vitaminning yetishmovchiligi magniy yetishmovchiligi bilan birga yanada kuchayadi, chunki piridoksinga qaram fermentative tizimlarning faollashuvi magniyga bog’liqdir.
Magniy va piridoksinning ayni vaqtda qo’llanilishi ichakda magniy absorbatsiyasi tezligini oshiradi, B6 vitamini- magniy- aminokislotalar xelat kompleksining paydo bo’lishi natijasida uning hujayralarga membrane orqali yetkazilishini yaxshilaydi , qon plazmasi va eritrositlarda magniy konsentratsiyasining yuksalishiga olib keladi, shuningdek, uning siydik bilan chiqib ketishini kamaytiradi.
Ko'rsatmalar
Magniy va/yoki B6 vitaminning yetishmasligi bilan bog’liq asoratlarni oldini olish.
Preparat ,shuningdek ,quyidagi holatlareda profilaktik maqsadda qo’llaniladi: surunkali jismoniy va ruhiy charchoq, asabiylashish, yuqori darajadagi stress riski, ruhiy tushkunlik, uyquning buzilishi, miyalgiya, ateroskleroz va miokard infarkti xavfida.
Magnikum, shuningdek, uzoq muddatli chekish va spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish, surgi, kontraseptiv preparatlarning, ba’zi diuretiklarning uzoq muddatli qabul qilshda, yoki diabet bilan og’rigan bemorlarda, doimiy giperglikemiya bilan kuzatiladigan diabet kasalligida qo’llaniladi.
AG, turg’un yurak yetishmovchiligi, yurak aritmiyasi kabi yurak-qon tomir kasalliklarida, suyak sinishidan keyin tiklanayotgan bemorlarda, osteoporozni kompleksli davolashda qollaniladi.
QO’LLASH:
Profilaktika: kattalar va 12 yoshdan keyin bolalar uchun— 2 tabletka kundalik 1 marotaba yoki 1-2 tabletka kundalik 2 marotaba.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning tarkibiy qismlariga o’ta sezuvchanlik, og’ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/daq), gipermagniemiya, B6 vitamini bilan bog’liq gipervitaminoz, AV-blokada, og’ir miasteniya, Parkinson kasalligi (levodopa dekarboksilazasi periferik ingibitorini qo’llamasdan levodopa bilan davolanuvchi turi), og’ir arterial gipotenziya, diareya.
Nojo'ya ta'siri
Juda kam hollarda — ichak-qorin bo’limida buzilishlar (qorin og’rig’i, qabziyat, diareya, ko’ngil aynishi, qusish), allergic reaksiyalar (teri toshmalari).
