Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.internal_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 27

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.input_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 28

Deprecated: iconv_set_encoding(): Use of iconv.output_encoding is deprecated in /home/profipha/domains/profipharm.uz/public_html/old/libraries/joomla/string/string.php on line 29
Yod Normil № 50
шаблон интернет магазина joomla
Скачать шаблоны Joomla 3 на русском.
Спортивные Joomla 3 шаблоны.

Yod Normil

 Iodine Normil

Yod Normil

Tarkibi
Yod –normilning 1 dona tabletkasida 100 yoki 200mkg yodga teng 130,8 mkg yoki 261,6 mkg  kaliy yodid faol modda mavjud.  

Farmokologik guruhi
To’qimalar almashinuviga ta’sir ko’rsatuvchi dori vositalari.  
Tarkibida yod olgan dori vositalari.  

Farmakologik ta’siri
Yod-normil noorganik yod aralashmasi bo’lib, yod  tanqisligini davolaydi;  buning naijasida qalqonsimon bezning  buzilgan gormonlar sintezi  yaxshilanadi . Yod-normil  tiroid gormonlardagi harakatsiz vazifadoshlar ning shakllanishini  sezilarli darajada kamaytiradi.   
Yod-normil ning faol moddasi kaliy yodidning tiroid bezi follikulalarining epithelial hujayralarga tushishi bilan, yodid –peroksidaza ta’sirida  oksidlovchi reaksiyalar boshlanadi va  buning oqibatida elementar  yod hosil bo’ladi.  Aromatik halqada tirozin bilan  almashtirish reaksiyasi  yuz berganda, undan 3-va 4-yod hosil qiluvchilar (triyoditronin va tiroksin)  paydo bo’ladi.  Tireoglobulin bilan bog’lanishdan  hosil bo’lgan moddalar follikullarning colloid moddasida saqlanadi, markaziy asab, skelet, mushak, jinsiy organlar va qon tomir tizimidagi metabolik jarayonlarni tartibga solinishini ta’minlaydilar.   
Qalqonsimon bezi o’lchamlarining normallashuvidan tashqari, yod-normil  intellectual-ruhiy jarayonlarni tartibga solib, umuman gomeostazani yaxshilaydi.
 
Q’llash uchun ko’rsatmalar
Yod-normil shuningdek homiladorlik va laktatsiya  jarayonida  yod tanqisligini profilaktik davolashda ham qo’llaniladi.  
Qalqonsimon bezda jarrohlik operatsiyasidan keyingi davrda.    
 Yod-normilni ehtiyot chorasi sifatida  bo’qoqni oldini olishda qo’llaydilar.  
Yod-normil  yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va kattalarda eutireoid sindromni davolashda  keng ko’lamda qo’llaniladi.   

Qo’llash usuli
Yod-normilning zarur dozasini belgilash iste’mol qilinayotgan oziq-ovqatning  tarkibidagi yog miqdorining    individual xususiyatlariga ko’ra amalga oshiriladi, bunda mintaqaviy ehtiyojlarni  ham unutish mumkin emas.  
Yod-normilning kundalik dozasi bir marotabada, katta miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning qabul qilishini osonlashtirish uchun preparatni 3-5 ml qaynatilgan va xona haroratida bo’lgan suvda eriting.  
Kichik yoshdagi bolalarda yod tanqisligini oldini olish uchun kundalik 50-100mkg preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.  
O’smirlar va kattalar uchun  Yod-normilning kundalik dozasi 100-200mkg gat eng.
Huddi shunday doza -1-2 tabletka homilador va emizuvchi ayollarega ham ko’rsatilgan.
Qalqonsimon  bezda jarrohlik operatsiyasidan keyingi davrda,  shuningdek, bo’qoq rivojlanishini oldini olish maqsadida o’tkazilgan tireoid gormonlari bilan  almashtiruvchi terapiyaning tugash bosqichida  preparatning  ko’rsatilgan  kundalik dozasi 100-200mkg ni tashkil etadi.  
Chaqaloqlarda eutireoid sindromni davolash uchun kundalik  100-200 mkg yodid-normil ko’rsatilgan.   Kattalar va o’smirlar uchun bu kasallikda ko’rsatilgan kundalik doza 200mkg dan iboratdir.  
Yod-normil bilan profilaktik davolash bir necha oydan boshlab yillargacha davom etishi mumkin. Ba’zi hollarda davolash muddati cheklanmaydi.
Chaqaloqlarda bo’qoqni davolash muddati 2-4 xaftani tashkil qilsa, kattalar va o’smirlar bir yilgacha davolanadi.  Davolash kursining muddati shifokor tomonidan  individual ravishda ihtiyoriy belgilanadi.  

Nojo’ya ta’siri
Yod normilning profilaktik dozalarini qabul qilish  bezdagi katta avtonom markazlarning mavjud bo’lgan holler va kundalik preparat  dozasini 150 mkg cha  oshirib yuborish hollaridan boshqa  nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
Yod-normilning salbiy reaksiyalar negizida  gipertireoid holatlar hodisasi mavjud.   
Markaziy asab tizimi  tomonidan yod-normilga qarshi reaksiyalar uyquning buzilishi, ortiqcha asabiylashish, hissiy bo’shliqning paydo bo’lishi bilan kuzatilishi mumkin.  
Qon ko’rsatkichida- eozinofillar sonining ortishi.
Shuningdek Yod-normilning nojo’ya ta’sirlaridan  ortiqcha terlama, so’lak oqishi, osqozon ichak traktidaperistaltik to’lqinlarning kuchayisi, diareyani aytib o’tis mumkin.
Keksa yosdagi kishilarda Yod-normilning yuqori dozalari(kundalik preparatning 200-300mkg) olinganda nojo’ya ta’sirlarning yuzaga kelisi ehtimoli ortadi.

Qarsi ko’rsatmalar
Yod-normilni gipertireozda qo’llas mumkin emas.
Kundalik 150 mkg dan ortiq yod dozasini talab etuvci subklinik gipertireozda  preparatni qo’llash man etiladi.
Dyuring dermatitida Yod-normil qo’llanilmaydi.
Preparat, uning tarkibiy qismlariga sezgirlik aniqlanganda, tavsiya etilmaydi.  
Solitar tireoid kistalarining, funkisional avtonomiya sohalarining, nodozali toksik bo’qoqning mavjudligi  Yod-normilning ko’rsatilmasiga sabab bo’ladi.
Yod tanqisligidan kelib chiqqandan tashqari uchraydigan gipertireoz holatlari Yod-normilning qo’llanilmasiga sabab bo’ladi.
Qalqonsimon bezi saratoniga gumon bo’lganda radioaktiv yod bilan davolas paytida Yod-normilni qo’llash ko’rsatilmaydi.
Preparat formulasida laktoza monogidratning mavjudligi uning  laktaza yetishmasligi, galaktaza, glyukoza-galaktoza malabsorbatsiya bilan  bemorlarda  qo’llanilishini imkonsiz qiladi.

Homiladorlik
Homiladorlik va laktatsiya davrida yodga bo’lgan ortiqcha ehtiyoj ona  va o’sayotgan tana gomeostazasini  ta’minlash uchun Yod-normilning yetarlicha dozasini ta’minlashni talab etadi.
Preparatning kundalik dozasini belgilashda alimentar yodning hissasini hisobga olish tavsiya etiladi.

Boshqa dori vositalari bilan o’zaro ta’siri
Antitireoid vositalari qatoriga kiruvci moddalarning Yod-normil bilan bir vaqtda qo’llanilishida har ikki preparat ta’sirchanligining kamayishiga sabab bo’ladi.  
Yod-normilning kaliyni saqlab qoluvchi diuretiklar bilan birga qo’llanilishi bemorlarda giperkaliyemiya belgilarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Yod-normilning litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo’llanilishi bo’qoq va gipertireoid sindromning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Yod preparatlari bilan almashtiruvchi davolashda Yod-normilning qo’llanilishi  yodni tireoid bezi tomonidan singdirilishiga sabab bo’ladi.

 Print 

игры для девочек.
новые игры про снежка.