Kompaniya Haqida
“Profi Pharm Service” MChJ 2015 yil 27 may kunidan O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida dori va tibbiy mahsulotlarni so’tish va rag’batlantirish bo’yicha faoliyatni boshlaydi. Preparatlarni Dori vositalarini vaqtida va past narxlarda yetkazib berish- kompaniyaning ustuvor maqsadlaridan hisoblanadi biridir. Kompaniya O’zbekiston Respublikasi bo’ylab 21dan ortiq ta’lim olgan malakali tibbiy vakillarini tarqatgan. Tibbiy vakillarning asosiy vazifasi-bu mijoz/bemorlarning istiqbollarini qondirish uchun samarali dori-darmonlarni taqdim etish va jadallashtirishdir. Vakillarning barcha hatti-harakatlari va faoliyatini tartibga solingan distributsiyasiz tasavvur qilish qiyin, chunki ham mijozlar, ham bemorlar dorixonalarda kerakli dori vositalarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishini ta’minlash kerak. Mijozlarning kerakli preparatlarni qulay xarid qilishi uchun, savdo bo’limlari menejerlari ulgurji va chakana savdo kompaniyalari bilan tirishqoqlik bilan ish olib boradilar. O’zbekiston bozorini dori -darmon innovatsiyasi bilan tanishtirish va samarali preparatlarni yetkazib berish, muxim ahamiyatni kasb etadi. Innovatsiya- bu mijozning arzon narxlarda dori-darmon sotib olish imkoniyatini yaratish yo’lidagi hatti-harakatlar majmui bo’lib, uning asosiy maqsadi distributsiya marjasini pasaytirishdir. Bugungi kunda kompaniyamiz 11 turdagi preparatlarning dori vositalarining eksklyuziv distribyutori hisoblanadi. Bularga “Kiyevskiy Vitaminniy Zavod” OAJ, “Unique Pharmaceuticals”(Hindiston), “Biomedicare Pharmaceuticals” (Hindiston) va “Multani Pharmaceutical”(Hindiston) kompaniyalari kiradi.



