Globeks Siropi
Globeks Siropi
Flakoni 100 ml
Temir moddasi yetishmasligi anemiyasini davolash va profilaktikasi
Tarkibi
Har 5 ml o`zida quyidagilarni saqlaydi:
Temir Ammoniyi Sitrati (YUSP) -75 mg
В12 vitamini (YUSP) – 7.5 mkg
Foliy Kislotasi (B.F.) – 0,5 mg
Sink Sulfati (YUSP) – 20 mg
Xlorid Piridoksin (B.F.) – 1,5 mg
Niatsinamid(B.F.) – 50 mg
Temir – inson organizmi uchun eng zarur mikroelement . Temir moddasi katakli nafas olishning regulyatsiyasini ta`minlashda ishtirok etadi, nafas olishda kislorod va elektron o`tkazuvchi bo`lib xizmat qiladi.
Temir shuningdek gemoglabinning vujudga kelishida zarurdir.Temir tanqisligi holati gemoglabin biosintezining kamayishi va gipoxrom, mikrositar anemiyasiga olib keladi.
Foliy kislotasi – hujayralarning sog`lom o`sishi uchun , gemning shakllanishidagi normal reproduktiv funksiya uchun zаrurdir. Foliy kislotasi – homilaning tug`ma porog bilan tug`ilishi xavfini pasaytiradi.
В12 vitamini – hujayralararo metobolizmni stimulyatsiya qiladi, eritrositlarning shakllanishida, nervlar ustki qismlarini vujudga kelishida ishtirok etadi. Go`sht B12 vitaminining yagona tabiiy manbayidir.
Sink – suyaklar, sochlar, teri salomatligini, jarohatning tez bitishini , ovqat hazm qilish va nafas olish jarayonlarida ishtirok etuvchi insulin va fermentlarning normal funksiyasini ta`minlash uchun xizmat qiladigan zarur mineral. Sink organizmning foliy kislotasi utilizatsiyasi uchun zarurdir.
Niatsinamid – katakli nafas olishda zarur , energiya ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi, uglevodlar, yog`lar va oqsillar metabolizimini boshqaradi, teri , nerv sistemasi salomatligini , o`t pufagining normal sekretsiyasini ta`minlashda ahamiyatlidir.
Qo`llanishi
- Temir tanqisligi anemiyasi
- Alimentar anemiya
- Vitaminlar tanqisligi
- Megaloblast anemiya
- Homilador va emizikli ayollar anemiyasi
Qo`llash usullari va dozalari
Och qoringa qabul qilinishi mumkin.
Kattalar – 1 osh qoshiqdan (15 ml) kuniga 2 marta.
Bolalar ( 2 yoshdan katta) – 5 ml dan ovqatdan keyin kuniga 2 marta.
Homilador ayollarga 2-trimestrdan boshlab tavsiya qilinadi.
Nojo`ya ta`sirlari
Ichak-oshqozon diskomforti, ich qotishlar, diareya ,epigastriyadagi og`riqlar, qora ahlat
Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar
Preparat komponentlarini individual qabul qila olmaslik.
Organizmda temir moddasining ortiqligi.






























