Pronidazol
Pronidazol
Tarkibi
T’a’sir qiluvchi modda: metronidazol
100 ml eritmada 500mg metronidazol bor
Dori shakli
Infuziya uchun eritma
Farmakoterapevtik xususiyati
Tizimli qo’llash uchun antibakterial vosita
Кlinik xususiyatlari
Ko’rsatilishi
Metronidazolga sezuvchan mikroorganizmlar (asosan, anaerob bakteriyalar) tufayli yuzaga kelgan infektsiyalarni davolash va oldini olish .
Davolash quyidagi holatlarda samarali kechadi:
- markaziy asab tizimi infektsiyalarida (shuning ichida, miya abstsessi, meningit);
- o’pka va o’pka pardasi infektsiyalarida (shuning ichida, nekrotik pnevmoniya, aspiratsion pnevmoniya, o’pka abstsessi);
- endokarditda;
- oshqozon-ichak trakti va qorin bo’shlig’i infektsiyalari, shuning ichida peritonit, jigar abstsessi, qalin va to’g’ri ichak operatsiyasidan keyingi infektsiyalar, abdominal va tos bo’shlig’idagi yiringli shikastlarda;
- ginekologik infektsiyalarda (shuning ichida, gisterektomiya yoki kesarev kesimi, umumiy isitma, septic abort);
- LOR-organlar va og’iz bo’shlig’i infektsiyalarida (shuning ichida,Simanovskiy-Plaut-Vinsent anginasi);
- suyak va bog’in infektsiyalarida (shuning ichida, osteomiyelit);
- gazli infektsiyalarda ;
- tromboflebit bilan septitsemiyada.
Qorishiq aerob va anaerob infektsiyalarda aerob infektsiyalarni davolash uchun metronidazolga qo’shimcha unga mos antibiotiklarni qo’llash lozim. Profilaktik tarzda, anaerob infektsiyalarning xavfi yuksak bo’lgan operatsiyalardan oldin tayinlanadi (ginekologik va intraabdominal operatsiyalardan oldin).
Metronidazolni qo’llash uchun antimikrob preparatlarni muvofiq qo’llash bo’yicha milliy va xalqaro tavsiyalarga rioya qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Metronidazolga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga, yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga o’ta sezuvchanlikda.
Qo’llash usuli va dozasi
Doza alohida har bemorning reaktsiyasiga, yoshiga va tana og’irligiga, shuningdek, kasallikning tipi va og’irligiga qarab, belgilanadi.
Dozirovka bo’yicha quyidagi ko’rsatmalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun
Оdatiy dozasi har 8 soatda 500 mg ni tashkil etadi. Tibbiy ko’rsatmalar holida, davolash boshida tana og’irligining har 1 kg ga 15 mg qoshimcha doza belgilanishi mumkin.
2 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun
Har 8 soatda- tana og’irligining har 1 kg ga mos hisoblangan kundalik 20-30 mg metronidazol dozasiga teng bo’lgan 7-10mg metronidazol har 1 kg tana og’irligiga.
Buyrak yetishmovchiligi bilan bemorlar uchun
Dozani pasaytirish kerak emas (“Farmokologik xususiyatlari”ga qarang)
Jigar yetishmovchiligi bilan bemorlar uchun
Og’ir jigar yetishmovchiligida metronidazolning zardobdan yarim chiqish davri uzaygani, klirensning esa sekinlashgani tufayli, bemorlarga mumkin qadar kichik dozalar belgilanadi (“Farmakologik xususiyatlari”ga qarang).
Davolash muddati
Davolash muddati samaradorligiga bog’liq. Ko’p hollarda 7-kunlik kurs yetarli hisoblanadi. Klinik ko’rsatmalarda davolash muddatini uzaytirish mumkin (“Alohida ko’rsatmalar” bo’limiga qarang).
Operatsiyadan oldin va keyingi infeksiyalarni oldini olish
Kattalar va 11 yoshdan katta bolalarda
500 mg yuboriladi, yuborish operatsiyadan tahminan bir soat oldin tamomlanishi kerak. Takroriy doza 8 va 16 soatdan keyin yuboriladi.
2 yoshdan 11 yoshgacha bolalar uchun
Tana og’irliginig har 1 kg ga 15 mg yuboriladi, yuborish operatsiyadan tahminan bir soat oldin tamomlanishi kerak, so’ng har 8 va 16 soatda- tana og’irligining har 1 kg ga 7,5 mg dan tayinlanadi.
Yuborish usuli
Ichga infuziya shaklida yuboriladi.
Bir dona flakon tarkibi vena ichiga sekin, kamida 20 daqiqa, lekin odatda 1 soat mobaynida, ko’pi bilan 100ml hajmda yuboriladi.
Metronidazolni yuborishdan oldin boshqa preparatlar yoki qo’rishtirish uchun eritmalar, masalan, infuziyalar uchun natriy xloridning 0,9% li eritmasi yoki infuziyalar uchun glyukozaning 5%li eritmasi bilan qorishtirish mumkin.
Bir vaqtda ko’rsatilgan antibiotiklarni alohida yuborilishi maqsadga muvofiqdir.
Salbiy reaktsiyalar
Nojo’ya ta’siri, asosan, katta dozalarni uzoq vaqt qo’llanilishi bilan bog’liq bo’ladi. Odatda, uzoq vaqt qo’llanilganda, ko’ngil aynishi, ta’bning buzilishi va neyropatiya xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Nojo’ya ta’sirining takrorlanish tezligi tavsiflovchi ko’rsatkichlar mezonlaridan foydalanilgan holda ko’rsatilgan: juda ko’p hollarda (≥ 1/10); ko’p hollarda (≥ 1/100, <1/10); ba’zi hollarda (≥ 1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); нaniqlanmagan (mavjud ma’lumotlardan takrorlanish tezligini aniqlash imkoniyati yo’q).
Asab tizimisohasuda
Kam hollarda: bosh og’rig’i, bos aylanishi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, tirishishlar, paresteziya shaklida yuzaga keluvchi periferik neyropatiya.
Oshqozon-ichak trakti sohasuda
Kam hollarda: qusish, ko’ngil aynishi, diareya, glossit va stomatit, achchiq ta’m bilan kekirish, epigastral sohada og’irlik hissiyoti, ishtahaning yo’qligi, og’izda metal ta’mi, qoplangan til.
Aniqlanmagan: pankreatit (alohida hollarda).
Gepatobiliar buzilishlar
Kam hollarda: jigar fermentlari va bilirubinning g’ayritabiiy miqdorlari.
Juda kam hollarda: gepatit, sariq kasali.
Teri va teri osti o’zgarishlari
Kam hollarda: аllergik teri reaktsiyalari, shuning ichida qichima, eshak emi, multisakl eritema.
Juda kam hollarda: Stivens-Jonson sindromi (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra), toksik epidermal nekroliz (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra).
So’ng ko’rsatilgan ikki reaktsiyalarda tez terapevtik mudohalani talab qiladi.
Tayanch- harakat tizimi va biriktiruvchi to’qimalarsohasuda
Kam hollarda: artralgiya, mialgiya.
Buyrak va siydik yo’llarining buzilishi
Kam hollarda: siydikning quyuq rangi (metronidazol metabolitining ajralib chiqishi tufayli).
Juda kam hollarda: dizuriya, tsistit va siydik tuta olmaslik.
Yuborilish sohasida umumiy buzilishlar
Ko’p hollarda: yuborilishdan keyin venalarning qozg’atilishi (tromboflebitga qadar), pustulyar toshma.
Kam hollarda: holsizlik.
Homiladorlik va ko’krak bilan emizish davrida qo’llash
Homiladorlik
Metranidazolning homiladorlik davrida qo’llanilishining xavfsizligi kam o’rganilganuni qo’llash bo’yicha ma’lumotlar bir birini inkor etuvchidir. Ba’zi targ’ibotlarda homila rivojlanish buzilishlarinining yuksalishini ta’kidlaydi bo’lib. jumladan, Hayvonlarda o’tkazilgan sinovlarda metronidazolning teratogen ta’siri aniqlanmagan. Homiladorlikning birinchi uch oyida metranidazol faqat hayot uchun xavf uyg’otuvchi og’ir infektsiyalarda, davolash uchun boshqa xavfsiz alternative topilmaganda, qo’llash ko’rsatilgan. Ikkinchi va uchinchi uch oyliklarda metronidazolni boshqa infektsiyalarni davolashda, agar kutilayotgan foydasi ehtimoliy xavfidan anca yuksak bo’lsa, qo’llanilishi mumkin.
Ko’krak bilan emizish davrida
Metronidazolning ko’krak sutiga qoshilishi tufayli, davolanish davrida ko’krak bilan emizishni to’xtatib turish kerak. Emizishni davolshning tugatilishidan kamida 2-3 kun keyin boshlash mumkin, chunki metronidazol yarim chiqishining uzoq muddatiga ega.
Bolalarda
Metronidazol 2 yoshdan katta bolalarda qo’llanilishi mumkin.
Qo’llash xususiyatlari
Og’ir jigar shikastlanishi, buzilgan gemopoez (shuning ichida, granulotsitopeniya) bilan bemorlarda metronidazolni qo’llanilishi faqat kutilayotgan foydasi keltiriladigan ehtimoliy zarardan yuksak bo’lganda ruhsat etiladi.
Bemor holatining yomonlashuvi xavfining mavjudligi tufayli, metronidozolni faqat periferik va markaziy asab tizimida faollashgan yoki surunkali bo’lgan og’ir kasalliklarda, agar kutilayotgan samarasi ehtimoliy zararidan yuqori bo’lsa, qo’llaniladi. Metronidazol bilan davolangan bemorlarda ba’zi holatlarda talvasa sindromi va qo’l-oyoqlarning uvushib qolishi, hamda parasteziya bilan kuzatiladigan periferik neyropatiya yuzaga kelishi mumkin.
Nevrologik patalogiyaning paydo bo’lishi davolashni davom etish uchun foyda/xavf nisbatining tezkor baholanishini talab etadi. O’ta sezuvchanlik bilan bog’liq og’ir reaktsiyalarda (shuning ichida, anafilaktik shokda) Metranidazol bilan davolash darhol to’xtatiladi va kechiktirilmas umumiy terapiya boshlatiladi. Davolash davrida yoki undan bir necha hafta keyin yuzaga kelishi mumkin bo’lgan og’ir persistik diareya, ko’p hollarda Clostridium difficile orqali qo’zg’atilgan (“Salbiy reaktsiyalari”bo’limiga qarang) psevdomembranoz kolitning asorati bo’lishi mumkin. Antibiotiklarni qo’llanilishi tufayli vujudga keladigan ushbu ichak kasalligi hayot uchun jiddiy xavf uyg’otadi va unumli davolashni talab etadi. Peristaltikani bostiruvchi preparatlarni qo’llash mumkin emas.
Вoshqa dori vositalari bilan o’zaro ta’siri va o’zaro ta’sirnng boshqa turlari
Spirtli ichimliklar
Metronidazol bilan davolanish davrida bosh aylanishi, ko’ngil aynishi (disulfiramsimon ta’sir) kabi salbiy reaktsiyalarni oldini olish uchun, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas.
Barbituratlar
Fenobarbital metronidazolning jigar metabolizmini, uning yarim-chiqishini pasaytirib, kuchaytirishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika. Мetronidazol – stabil birikma bo’lib, mikroorganizmlarga singish qobiliyatiga ega. Anaerob sharoitlarda metronidazol mikrobli piruvatferedoksinoksidoreduktaza bilan birga feredoksin va flavodoksinning oksidlash yo’li bilan nitroz radikallarni hosil qiladi. Nitroz radikallar DNKning asosiy juftlari bilan qo’shilish mahsulotlarini hosil qiladilar, bu esa DNK zanjirining uzilishiga va hujayralarning o’limiga sabab bo’ladi. Minimal ingibitor konsentratsiyasi (MIK) Antimikrob Sezuvchanlikni Testlash bo’yicha Evropa Qo’mitasi tomonidan belgilanadi. Sezgir organizmlarni (S) qattiq chidamli ajratuvchi uzilish nuqtalari quyidagilardir:
gramm-musbat anaeroblar (S: ≤ 4 мг/мл, R > 4 мг/мл);
gramm-manfiy anaeroblar (S: ≤ 4 мг/мл, R > 4 мг/мл).
Sezuvchan va chidamli mikroorganizmlarning ro’yxati
(2009 yil dekabr uchun Germaniyaning Tizimli ta’sirga ega antibiotiklarning chidamliligi to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishning Markaziy boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra):
Oddiy sezuvchan shtammlar
Anaeroblar
- Bacteroides fragilis
- Clostridium difficile
- Clostridium perfringens
- Fusobacterium spp.
- Peptoniphilus spp.
- Peptostreptococcus spp.
- Porphyromonas spp.
- Prevotella spp.
- Veillonella spp.
Boshqa mikroorganizmlar
- Entamoeba histolitica
- Gardnerella vaginalis
- Giardia lamblia
- Trichomonas vaginalis
Orttirilgan sezuvchanligi muammo bo’lishi mumkin bo’lgan shtammlar
Gram-manfiy aeroblar
- Helicobacter pylori
Tabiiy chidamli mikroorganizmlar
- All obligate aerobes
Gramm-musbiy mikroorganizmlar
- Enterococcus spp.
- Staphylococcus spp.
- Streptococcus spp.
Gram-manfiy mikroorganizmlar
- Enterobacteriaceae
- Haemophilus spp.




























