Glizid M
Glizid M
2-turdagi diabetni davolash uchun kombinatsiya qilingan preparat.
Tarkibi
Metformin - 500 mg
Gliklazid - 80 mg
Farmokologik ta’siri
Egizak tanqislik kompensatsiyasi bo’yicha vazifaning amalga osirilishi:
- Insulin sekretsiyasining rag’batlantirilishi
- Insulin rezistentligining pasayishi va bartaraf etilishi
Metformin salohiyati
Vaznni orttirmaydi.
Gipoglikemiya xavfi minimal darajada.
2-turdagi diabet va semizlik bilan bemorlarda klinik ko’rsatkichlarni yaxshilaydi.
- Metformin erkin yog’ kislotalarining konsentratsiyasi va oksidlanishini pasaytirib va reesterfikatsiyasini faollashtirib, insulinga qarshi sezgirlikni pasaytiradi.
- Metformin bilan davolash lipid spektrining ijobiy o’zgarishlariga olib keladi: triglitseridlar konsentratsiyasi kamayadi, LDL.
- Metforminning antitrombotik ta’siri adgeziya molekulalari va fibrinogenning ishlab chiqarilishini kamaytirilishini o’z ichiga oladi.
- Gliklazid sulfonilmochevinaga oid yolg’iz preparat hisoblanib, uning samaradorligi diabet bilan og’rigan bemorlarda jiddiy asoratlarni oldini olisda isbotlangandir.
- Yurak-tomir kasalligida (CVD) o’lim xavfini 12%ga pasaytiradi va buyrak asoratlarining rivojlanishining oldini oladi (nefropatiya xavfini 21%ga kamaytiradi).
Ko’rsatmalar
2-turdagi diabet:
- parhez bilan davolasning va peroral diabetga qarshi preparatlarning samarasizligida erta kombinatsiyali terapiya.
- 2-turdagi diabet bilan og’rigan bemorlarda avvalgi davolashni ikki hil preparat (metformin va gliklazid) bilan almashtirissh qon glyukoza darajasini stabil va yaxshi nazoratini ta’minlaydi.
Qo’llash usuli va dozasi
- Ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan so’ng og’izdan qabul qilinadi.
- Preparat dozasi har bir bemor uchun, uning qonidagi glyukoza darajasiga ko’ra individual belgilanadi.
- Odatda, boshlang’ich doza 1-3 tabletkadan iborat bo’lib, kasallikning barqaror kompensatsiyasiga erishish uchun dozaning bosqichma-boshqich o’zgartirilib borishi ko’rsatilgan.
- Odatda, kunda 2 marotaba qabul qilish ko’rsatilgan (ertalab va kechqurun).
Qarsi ko’rsatmalar
- metaformin, gliklazid yoki boshqa sulfonilmochevina mahsulotlariga, shuningdek yordamchi moddalarga o’ta sezgirlik
- 1-turdagi diabet
- diabetic ketoasidoz, diabetic prekoma, diabetik koma
- gipokaliyemiya
- buyrak funksiyasining jiddiy buzilislari
- buyrak funksiyasini salbiy o’zgarishiga olib kelishi mumkin bo’lgan o’tkir holatlar: degidratatsiya, og’ir infeksiyalar, shok
- to’qimalar gipoksiyasi bilan kuzatiladigan o’tkir va surunkali kasalliklar: yurak-tomir va nafas olish yetishmasligi, yaqin orada bo’lib o’tgan miokard infarkti, shok
- buyrak yetishmasligi
- porfiriya
- homiladorlik va ko’krak bilan emizish davri
Nojo’ya ta’siri
Moddalar almashishida: doza rejimining buzilishi va noto’g’ri parhezda- gipokaliyemiya, ba’zi hollareda-laktosidoz (holsizlik, mialgiya, nafas olishning buzilishi, uyquchanlik, qorin og’rig’I, gipotermiya, past qon bosimi, reflector bradiaritmiya).
Oshqozon-ichak tizimida: dispepsiya (ko’ngil aynishi, diareya, epigastrda og’irlik hissi, og’izda “metall” hidi)- preparat ovqat bilan qabul qilinganda butun ko’rsatilgan nojo’ya ta’sirlar kamayadi.






























