Sonmil
Sonmil
Doksilaminasuksinat 15 mg
10 tabletkalar
Farmakologik ta`siri
Sonmil – sedativ, uyqu keltiruvchi va antigistaminli preparat. Аktiv komponenti – doksilamin – etanolamin guruhining sezilarli sedativ va M-xolinolitik ta`sirga ega dori vositasi . Doksilamin N1 –gistaminli retseptorlarini mahkamlaydi. Preparatning aktiv komponenti markaziy nerv sistemasiga singadi , uyqu sifatining yaxshilanishiga, uyquga ketishni yaxshilashga xizmat qiladi.. Sonmil uyqu fazalariga ta`sir qilmaydi.
Perioral qabuldan so`ng doksilamin hazm qilish traktida tez absorbirlashadi(yemiriladi). Sonmil preparatining aktiv komponenti gemoplasentar va gemotoensefal baryerlar orqali singadi, ko`krak suti bilan ajratiladi. Doksilamin jigarda metabolizatsiyalanadi.
Qo`llashga doir ko`rsatmalar
Sonmil - uyqu faoliyatining buzilishi va uyqusizlikka chalingan bemorlar terapiyasi uchun mo`ljallangan.
Qo`llash usullari
Sonmil – perioral qabul qilish uchun mo`ljallangan. Preparatni uyqudan 15-30 daqiqa oldin qabul qilish tavsiya qilinadi. Preparatning qabul qilinishidan so`ng tavsiya qilingan uyqu davomiyligi 7 soatdan kam bo`lmaydi.
Kattalar odatda preparat tabletkasining 1/2 qismini qabul qilishadi.
Zaruriy hollarda asta sekinlik bilan dozani oshirish mumkin.
Maksimal doza Sonmil preparati tabletkasining 2 tasini tashkil qiladi.
Terapiyaning davomiyligi 2 kundan 2 oygacha davom etadi.
Nojo`ya ta`sirlari
Sonmil - bemorlar tomonidan yaxshi o`zlashtiriladi. Eng ko`p tarqalgan nojo`ya ta`sirlardan biri ertlabki uyquchanlik , shuningdek bosh aylanishi va uyqudan uyg`ongandan keying bir necha soatlarda tezkor harakatlarni amalga oshirishda koordinatsiyaning buzilishidir.Bunday nojo`ya ta`sirlar yuzaga kelganda doksilamin dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.
Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar
Sonmil – doksilaminga individual sezuvchanlikka ega bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Preparatning qo`llanishi yopiqburchakli glaukomaga va qiyin siydik chiqarishga(predstatel bezining yaxshi xususiyatli giperplaziya asosida vujudga kelgan) ega bemorlarga taqiqlanadi.
Sonmil pediatriyada qo`llanilmaydi.
Homiladorlik
Sonmil - homilador va emizikli ayollar terapiyasida qo`llanilmaydi
Boshqa dori vositalari bilan aloqasi
Sonmil – to`g`ri kelishtirilgan qabul qilinishida bartiburatlar, klonidin , narkotikli analgetiklar, benzodiazepinlar, neyroleptik vositalar va etil spirtining markaziy nerv sistemasiga ta`sirini potensiyalashtiradi. Doksilaminningn qabul qilinishi taqiqlanadi.
Sonmil preparatining trankvilizatorlar,markaziy ta`sirga ega yo`talga qarshi preparatlar, shuningdek, antidepressantlar (monoaminoksidazning tanlangan ingibitorlaridan tashqari) bilan bir vaqtda qabul qilinishi doksilaminning sedativ effektini kuchaytiradi.
Sonmil preparatining antixolenergik effektlari uning atropin va atropinga o`xshash vositalar, parkinsoniklikka qarshi xolinolitik ta`sirli vositalar, imipramin, dizopiramid, spazmolitiklar, shuningdek , fenotiazin qatori neyroleptiklarini qabul qiluvchi bemorlarga tavsiya qilinishida rivojlanishi xavfi oshadi.






























