Ifisipro
Siprofloksatsin - infuziyalar uchun eritma.
200 mg/100 ml
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhidan mikroblarga qarshi keng spektrdagi harakat. Bakteritsid ta'sirga ega. Preparat bakteriyalarning DNK-giraza fermentini paysalga solib, buning oqibatida DNK replikatsiyasi va hujayra oqsillarining sintezi buziladi. Siprofloksatsin ko’payib boruvchi , shuningdek, tinchlanish bosqichida bo’lgan mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi.
Siprofloksatsinga qarshi gramm-manfiy aerob bakteriyalarning: enterobakteriyalarning (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; ba’zi hujayralar ichi qo’zg’atuvchilarning : (Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare sezgirligi aniqlangan.
Shuningday siprofloksatsinga gramm-musbiy aerob bakteriyalarning: Staphylococcus spp. (S.aureus, S.haemolyticus, S.hominis, S.saprophyticus), Streptococcus spp. (St. pyogenes, St.agalactiae) sezgirligi aniqlangan. Metisillinga turg’un stafilokkoklarning asosiy qismi siprofloksatsinga turg’un.
Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis bakteriyalarining sezgirligi o’rtamiyona.
Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroids kabilar preparatga qarshi chidamlidir.
Farmakokinetika
Vena ichiga 200 mg yoki 400 mg yuborilganidan keyin 60 daqiqa ichida Gmax ga erishiladi, tegishlicha Gmax ning miqdori 2.1 mkg/ml va 4.6 mkg/ml ni tashkil etadi. Vd - 2-3 l/kg, plazma oqsillari bilan aloqa - 20-40%.
Organizm to’qimalarida qulay taqsimlanadi ( yog’larga boy to’qimalar, shu jumladan, asab to’qimalari bundan mustasno). To’qimalardagi hajmi plazmadagiga nisbatan 2-12 barobar yuqori. Terapevtik konsentrasiyalari so’lak, bodomsimon bezlar, jigar, o’t pufagi, safro, ichak, qorin bo’shlig’i va kichik tos organlari, bachadon, maniy, prostata to’qimalari, endometriy, fallopiy naylari va tuxumdonlar, buyrak va siydik chiqaruv organlari, o’pka to’qimalari, bronx sekreti, suyak to’qimalari, mushak, sinovial suyuqlik va bo’g’im kemirchagi, qorin suyuqligi va terida erishiladi.
Siprofloksatsin, shu bilan birga, yo’ldosh orqali ko’z ichki suyuqligi, bronx sekreti, o’pka pardasi, qorin pardasi, limfaga ham qulay kirib boradi. Qon neytrofillaridagi siprofloksatsin konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan 2-7 barobar yuqoridir.
Vena ichiga yuborilganda - T 1/2 - 5-6 s, surunkali buyrak yetishmovchiligida- 12 s qadar.
Vena ichiga yuborilganidan keyin, dastlabki 2 soat ichida, siydikdagi konsentratsiyasi zardobdagiga nisbatan 100 barobar yuqori bo’lib, ushbu ko’rsatgich siydik chiqaruv yollari qo’zg’atuvchilarining asosiy soniga tegishli MPK (minimal bosuvchi konsentratsiya)dan sezilarli darajada kattaroq.
Dozalash
Vena ichiga yuborish ko’rsatilgan.
Preparat vena ichiga tomchilab, 30 daqiqa (200 mg) va 60 daqiqa (400 mg)da yuboriladi. Infuzion eritmani 0,9% li natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, 5% va 10%li dekstroza eritmasi, 10%li fruktoza eritmasi, shuningdek , 5%li dekstroza eritmasining 0.225% yoki 0.45%li natriy xlorid bilan aralashmasini ichiga olgan eritma bilan birlashtirish mumkin.
Siprofloksatsinni dozalashda kasallikning og’irligi, infeksiya turi, tana holati, bemor yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga e’tibor beriladi. Odatda tavsiya etilgan dozalar:
Vena ichiga bir martalik yuborish uchun - 200 mg ( og’ir infeksiyalarda - 400 mg), yuborilish soni - 2 marotaba/sutkada; davolash muddati kasallikning og'irligiga bog'liq - 1-2 xafta, zarurat tug’ilganda undan ko’proq.
O’tkir so’zakda - bir marotaba 100 mg vena ichiga.
Operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun – operatsiyadan 30-60 daqiqa oldin vena ichiga 200-400 mg yuboriladi.
Urikozurik preparatlarning birlashtirib yuborilishi organizmdan chiqishini (50% cha) sekinlashtiradi va siprofloksatsinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Mikroblarga qarshi boshqa preparatlar (beta-laktamlar, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan qo’shilganda, odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. Oqibatida paydo bo’lgan infeksiyalarda azlotsillin va seftazidim ; streptokokk infeksiyalarida- mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar ; stafilokokk infeksiyalarida- izoksazolpenisillin va vankomisin; anaerob infeksiyalarda- metronidazol va klindamisin bilan birgalikda qo’llash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
To’g’ri kelmaydi.
Nojo'ya ta'sirlari
Oshqozon tizimi tomonidan: ko’ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og’rig’i, meteorizm, anoreksiya, xolestatik sariqlik ( ayniqsa jigar kasalliklariga chalingan bemorlarda), gepatit, gepatonekroz.
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, charchoq, bezovtalanish.
Qon ishlab chiqarish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombositopeniya, leykositoz, trombositoz, gemolitik anemiya.
Laboratoriya ko’rsatkichlari tomonidan: gipoprotrombopeniya, jigar transaminazasi va ishqoriy fosfotaza faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya.
Allergik reaksiyalar: qichima, eshak yemi, qon ketishi bilan kuzatiladigan qavariqlarning va qasmoqlardan tashkil topgan mayda tugunlarning paydo bo’lishi, dori vositasi bilan bog’liq bezgak, xol-xol qon quyilishi (petexiyalar), yuz va tomoqning shishishi , nafas bo’g’ilishi, eozinofiliya, yorug’lik sezgirligining oshishi, vaskulit, tugunli eritema, ko’p shakilli eksudativ eritema, Stivens-Jonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz.
Ko’rsatmalar
Siprofloksatsinga sezgirli mikroorganizmlar tufayli kelib chiqqan yuqumli va yallig’lanish kasalliklari:
- nafas olish yo’larida
- quloq, tomoq va burunda: o'rta otit, sinusit, sinusit, sinusit, mastoidit, tonzillit, faringit
- buyrak va siydik chiqaruv yo’llarida: sistit, piyelonefrit
- jinsiy a’zolarda: prostatit, adneksit, salpingit, ooforit, endometrit, tubulyar abstsess, pelvioperitonit, so’zak, yumshoq shankr, xlamidioz
- ovqat hazm qilish tizimida (jumladan, og’iz, tish va jag’da) o’t pufagi va safro chiqarish yo’llarida: peritonit, qorin bo’shlig’I abstsesslari, salmonellyoz, ich terlama, kampliobakterioz, iyersinioz, shigellyoz, vabo
- teri, shilliq parda va yumshoq to’qimalarda: yuqumli yaralar, jaroxatlar, abstsesslar, flegmonalar
- suyak-mushak tizimi : osteomielit, septik artrit
Jarrohiy infeksiyalarning oldini olish
Siprofloksatsin sepsis va peritonitni, shuningdek, immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolash ( immunodepressantlar bilan terapiya)da ko’rsatiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- oxtamembranoz kolitda
- bolalar uchun ( 18 yoshgacha, ya’ni skelet shakillanishining tugagunicha)
- homiladorlikda
- laktasiya davrida
- o’ta sezuvchanlikda
Ehtiyotkorlik bilan – kuchli miya tomirlari aterosklerozi, miyada qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, tirishish sindromi, epilepsiya, og’ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksa yosh.
Alohida ko’rsatmalar
Siprofloksatsin bilan davolash davrida yoki undan keyin uzun muddatli va og’ir diareya yuzaga kelsa, preparat qo’llanishini darxol to’xtatilishini va tegishli davolash usullarining qo’llanishini talab etuvchi soxtamembranoz kolit tashhisini istisno etish kerak.
Paylarda og’riq paydo bo’lishi yoki tendovaginitning dastlabki belgilarining paydo bo’lishi holatlarida preparat bilan davolashni to’xtating.
Siprofloksasin bilan davolash paytida normal siydik chiqishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
Siprofloksatsin bilan davolash jarayonida tog’ridan-tog’ri quyosh nurlari bilan aloqaning oldini olish kerak.






























