26 apr.2016
Kalinorm
Kalinorm
Ta’sir qiluvchi modda (XNN)
Kaliy xlorid
Dekstroza
Dori shakli
Infuziya uchun eritma
Tarkibi
100 ml eritmada:
Кaliy xlorid - 0,5 g
Suvsiz glyukoza- 5,0 g bor
Ko'rsatmalar
Kaliy tanqisligi quyidagi holatda aniqlanadi:
- Qandli diabet
- Uzoq muddatli diareya \ va qayt
- Ba’zi gipotenziv preparatlar (diuretiklar) bilan davolanish
- GKS terapiyasi
- Digitalis zaharlanishni davolash va oldini olish
- O'tkir miokard infarkti bilan og'rigan bemorlarda aritmiyaning oldini olish
Qo'llash usuli va dozalari
- Kaliy xlorid eritmasi v/i daqiqada 20-30 tomchi tezligida yuboriladi. Doza va davolash sxemasi har bir bemorga alohida belgilanadi.
- Qo’llshdan oldin kalinorm eritmasini 36-38 darajaga qadar isiting.
- Ktta periferik venalarga yuborish maqsadga muvofiqdir.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- giperkaliyemiya, to’liq AV blokada, buyrak usti yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, kaliy-qoldiradigan diuretiklar bilan hamroh terapiya, metabolic kasalliklar (atsidoz, gipovolemiya giponatriyemiya bilan birgalikda) eroziv va yarali oshqozon-ichak kasalliklari, 18 yoshgacha bo’lgan bemorlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
- ehtiyotkorlik bilan : homiladorlik va laktatsiya davrida.
Dorining o’zaro ta’siri
- Yurak glikozidi eritmalari bilan farmatsevtik mos. Antiaritmik dori vositalarining salbiy dromo- va batmotrop ta’sirini kuchaytiradi.
- Qutblangan aralashmaning tarkibida (dekstroza va insulin bilan birga qo’shilganda), miokard infarkti, ektopik aritmiya va yurak glikozidlarini haddan tashqari dozalarda qabul qilinish holatlarida yurak tezligini normallashtirishga yordam beradi.
- GKS , MKS va diuretiklar sababli yuzaga kelgan gipokaliyemiyani bartaraf etadi. Beta-adrenoblokatorlar, tsiklosporin, kaliy-qoldiruvchi diuretiklar, geparin, APF, NSAID ingibitorlari giperkaliyemiya xavfini oshiradi.
Alohida ko’rsatmalar
- Davolash paytida qon zardobidagi kaliy miqdorini nazorat qilish, gipokaliyemiyani davolashda - kislota-ishqor holatining kuzatilishi va EKG ko’rsatiladi. Bolalar uchun preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan
- Laktatsiya davrida ko’krak bilan emizish masalasini hal qilish lozim.
- Natriy ionlarining katta miqdori bilan parhez qilish kaliy ionlarining tanadan chiqib ketishiga yordam beradi.
- O’limga yetaklaydigan giperkaliyemiyaning tez paydo bo’lishi va alomatlarsiz oqishi ehtimolini unutmang. Homiladorlik davrida preparatni qo’llash zarurati tug’ilsa, ona uchun kutilgan foyda bilan homila uchun potensial xavfni solishtiring.




























