Denasol
Denasol
Ta’sir etuvchi modda (XPN)
Dekstroza (glyukoza), natriy xlorid
Dori shakli
Infuziyalar uchun eritma
Tarkibi
100 ml eritmada:
Faol moddalar: Suvsiz glyukoza - 5,0 g, natriy xlorid - 0,9 g. bor
Farmakoterapevtik guruhi: Sho’rlangan eritmalar
Farmakologik xususiyatlari
Regidratsiya va dezintoksikatsiya uchun vosita, organizmning suyuqlik yo’qotishida to’ldiruvchi vazifani bajaradi. Glyukoza yonishi tufayli, organizm hayoti uchun zarur bo’lgan energiyani ishlab chiqaradigan, qulay singuvchi ozuqaviy materialning qimmatli manbasi hisoblanadi. Natriy va xlor ionlari hujayradan tashqari suyuqlikning eng muhim noorganik komponenti bo’lib, organizmdagi suv taqsimotini nazorat qiladi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga soladi va qon plazmasi va hujayradan tashqari suyuqlikning muvofiq osmotik bosimini ta’minlaydi
In’ektsiyalar uchun glyukoza bilan natriy xlorid eritmasi kaloriyalar va elektrolitlar manbasi sifatida qiymatli hisoblanadi.
Qo’llash uchun ko’rsatmalar
Preparat qusish, ich ketishi, operatsiyadan keyingi davr, kollaps, shok kabi turli genezga ega degidratsiyada yo’qotilgan suyuqlikni to’ldirish (turli qonni almashtiruvchi va shokka qarshi suyuqliklar komponenti sifatida), operatsiya davomida va undan keyin qondagi plazmani dastaklash, organizmdagi uglevod tanqisligini to’ldirish, gemorragik diatezlarda dezintoksikatsiya maqsadli infuziyali terapiya, shuningdek, boshqa preparatlarning eritmalarini tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Qo’llash usuli va dozasi
Vena ichiga (v/i) tomchilab.
Yuborilishdan oldin, eritma 36-38° Сgacha isitiladi.
Qo’zg’atishning oldini olish maqsadida preparatni yirik periferik venaga sekin, kichik diametrdagi igna orqali yuborish tavsiya etiladi. Eritmaning tomir tashqarisiga tushishida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan infiltrlarning oldini oling.
Dozirovka shifokor ko’rsatmalariga ko’ra belgilanadi va bemorning yoshi, tana og’irligi, klinik holatiga va laboratoriya tashhislari natijalariga bog’liq bo’ladi.
Оdatda, kuniga 300–1500 ml preparat 80 tomchi/daqiqada tezlikda, bolalar uchun-5 ml/s/kg miqdorida yuboriladi.
Kattalar uchun maksimal kundalik dozasi 2000 ml.
Preparatni qo’llash paytida gematokrit va qondagi elektrolitlar konsentratsiyasi nazorat qilinadi. Yuborilgan va yo’qotilgan suyuqlik muvozanati har 6 soatda tekshiriladi.
Salbiy ta’siri
Preparatni qo’llash davrida turli reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin: febril reaktsiya (bosh og’rig’i, tana haroratining yuksalishi), in’ektsiya joyida infektsiyalar, in’ektsiya joyidan tarqalgan vena trombozi yoki flebiti, ekstravazatsiya va gipervolemiya, ko’ngil aynishi, qusish, qorin og’rig’i, diareya, terlash, isitma, taxikardiya, gipertoniya, buyrak yetishmovchiligi, shish, nafas siqilishi, bezovtalik, holsizlik, qaltirash va mushaklar g’pertonusi. Yuborilgan eritmaning katta miqdori xloridli atsidoz, gipergidratsiya, organizmdan kaliy chiqishining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Reaktsiya alomatlarining paydo bo’lishi bilan yuborishni darhol to’xtatish, bemorning holatini baholash, muvofiq terapevtik qarshi choralarni amalga oshirish, shuningdek, kerakli bo’lganda, qolgan suyuqlikni ekspertiza uchun saqlab qo’yish kerak.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Gipernatriyemiya, gipergidratatsiya holati, giperglikemiya, qand kasalligi, o’pkada, miyada shishning hosil bo’lishi xavfini uyg’otadigan tsirkulyator buzilishlar, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, kortikosteroidlarning katta dozasi bilan davolash, preparat komponentlariga o’ta sezuvchanlik.
Dorining o’zaro ta’siri
Preparat glyukokortisteroidlar bilan qo’llanganda, gipernatriyemiyaning kuchayishi yuz beradi. Shu sababli, kortikosteroidlar, kortikotropin qabul qilayotgan bemorlarda, shuningdek, tanasi tuz yig’ishga moyil bemorlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo’llash ko’rsatilgan.
Alohida ko’rsatmalar
Denasol eritmasida natriy ionlarining mavjudligi tufayli, turg’un yurak yetishmovchiligi , ayniqsa operatsiyadan chiqqan va keksa yoshli, og’ir buyrak yetishmovchiligi, siydik yo’llarining obstruktsiyasi, gipervolemiya bilan bemorlarda, shuningdek, natriyning chiqmasligi tufayli, shish bilan kuzatiladigan klinik holatlarda katta ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak.
Uzoq muddatli parenteral terapiyada glyukoza o’zgarishini, shuningdek, qondagi suyuqlik va elektrolitlar balansini doimiy laboratoriya va klinik tashhislar yo’li bilan kuzatish lozim.
Bolalar, ayniqsa chaqaloqlar va erta tug’ilgan chaqaloqlarda (ularda buyrak funktsiyasi to’liq rivojlanmaganligi, yoki suyuqlik chiqarish xususiyati cheklanganligi tufayli) giperglikemiya/gipoglikemiyaning rivojlanish xavfining, zardob giperosmolyarligining va miyaga qon quyilish ehtimolining oldini olish maqsadida v/I yuboriladigan dozani va yuborish tezligini ehtiyotkorlik bilan tanlanish kerak. Glyukoza zardobi konsentratsiyasining muntazam monitoringini amalga oshirish , suyuqlikni iste’mol qilish, zardob elektrolitlarini va diurezni nazorat qilish talab qilinadi. Chaqaloqlar va go’daklarda suyuqlikning kichik hajmlarda bo’lsada yo’qotilishi suv-tuz muvozanatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Preparat tarkibiga glyukoza kiritilganligi tufayli, uni ochiq yoki subklinik qand kasalligi , yoki har qanday genezisga ega uglevodli intolerantlik bilan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak.
Denasolni boshqa preparatlar eritmalari bilan aralashtirish natijasida yuzaga kelishi mumkin nomunosibliklarning oldini olish maqsadida, ushbu aralashmalarni hosil qilgandan keyin, vena ichiga yuborishdan oldin va yuborilish paytida vaqti -vaqti bilan xiralikka va cho’kindilarning hosil bo’lishiga tekshirib turish kerak.
Uzoq muddatli terapiyada, shuningdek bemorning holatiga qarab, suyuqlik muvozanatining o’zgarishini, elektrolitlar konsentratsiyasini va kislota-ishqor balansini klinik baholashdan o’tkazib, vaqti-vaqti bilan laboratoriya tahlilini o’tkazish lozim.
Preparatning homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanilishi bo’yicha targ’ibotlar o’tkazilmagan. Preparatni homilador ayollarda faqat jiddiy zarurat tugilganda qo’llash ko’rsatiladi . Muntazam ravishda suyuqlik, glyukoza va elektrolitlar konsentratsiyasini, shu bilan birga, ona va homilaning kislota-ishqor balansini tekshirib turish kerak.
Yuborilayotgan suyuqlik, chiqarilayotgan siydik hajmlarini va elektrolitlarning zardobdagi miqdorini kuzatib turish kerak.
Preparat bolalarning qo’li yetmaydigan joyda saqlanadi va yaroqlilik muddati o’tganda, qo’llanilmaydi.
Ortiqcha dozalash
Tanada suyuqlikning yig’ilishi (gipervolemiya) bilan tavsiflanadi. Bunday holatda yuborilish zudlik bilan to’xtatilib, munosib davolash choralari ko’rsatiladi. Natriy xloridning gipertonik eritmasini, kuchli diuretiklarni (o’tkir yurak yetishmovchiligi va o’pka shishishlarida) yuborish, elektrolitlar balansini ta’minlash ko’rsatiladi.




























