Stopkolik
Stopkolik
Ta’sir qiluvchi modda (XPN)
Simetikon
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
Faol modda: Simetikon (30% simetikon eritmasi shaklida) - 66,66 mg/ml.
- Og’riqli sanchiqlarning oldini oladi va bartaraf etadi
- Ichak mikroflorasi va ovqat hazmiga ta’sir qilmaydi
- Bolalar hayotining birinchi oyidan qo’llaniladi
- Oshqozon- Ichak traktida (OIT) singgmaydi
- Shakarsiz
Qo’llash uchun ko’rsatmalar
- gaz hosil bo’lishining kuchayishi va qazlarning oshqozon –ichak traktida (OIT) to’planishi (og’riqli sanchiqlar, qo’rin bo’shlig’ining shishishi, aerofagiya, dispepsiya, meteorizm, jumladan operatsiyadan keying davrda).
- qorin bo’shlig’i va kichik tos organlarini diagnostikaga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya- ko’pik hosil bo’lishining oldini olish).
Qo'llash usuli
Gaz hosil bo’lishining kuchayishi va gazlarning oshqozon –ichak traktida (OIT) to’planishi:
Stopkolik odatda ovqatdan keyin kunda 3 marta va yotishdan oldin qabul qilinadi:
- Go’daklar va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 8 tomchidan (20 mg simetikon) kunda 4 marta
- 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun 14 tomchidan (35 mg simetikon) kunda 4 marta
- 6 yoshdan bolalar va kattalar uchun 16 tomchidan (40 mg simetikon) kunda 4 marta
Diagnostika protseduralariga tayyorlash
OIT ning rentgenografik tahlili:
Tahlildan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozalarda qo’llaniladi:
- go’daklar va 2 yoshqacha bolalar uchun 10 tomchidan (25 mg simetikon) kunda 2 marta
- 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun 16 tomchidan (40 mg simetikon) kunda 2 marta
- 6 yoshdan bolalar va kattalar uchun 20 tomchidan (50 mg simetikon) kunda 2 marta
Foydalanishdan oldin, bir hil emulsiya hosil qilish uchun yaxshilab silkiting.
Preparat dozasini to’g’ri o’lchash uchun, tomizish vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- simetikon va boshqa dori vositalarining komponentlariga yuqori sezuvchanlik
- ichaklarning berkilib qolishi
- oItning obstruktiv kasalliklari
Homiladorlik va laktatsiya davri
Вugungi kunda simetikonning teratogen yoki embriotoksik ta’sirga ega ekanligi to’g’risida biron bir ma’lumot yo’q. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo’llash mumkin.




























