Ursodeoksixol
Ursodeoksixol
Tarkibi
Preparatning 1 kapsulasida:
Ursodeoksixol kislotasi – 250 mg
Farmokologik guruhi
Ovqat hazm qilish yo’llari kasalliklarida qo’llaniladigan dori vositalari.
O’t pufagi toshining shakllanishini oldini oluvchi vas afro chiqishini osonlashtiruvchi dori vositalari.
Farmokologik ta’siri
Ursodeoksixol – ursodeoksixol kislotasini tarkibiga oluvchi preparat. Odatda, ursodeoksixol kislotasi kichik miqdorda safroda mavjud bo’lib, zaharlilik ma’noda barcha safro kislotalaridan eng zaifi hisoblanadi.
Ursodeoksil kislotasini qabul qilish jigar xolesterini sintezining pasayishi va ichaklardagi xolesterinning singishiga yordam beradi. Bundan tashqari, xolesterin bilan birgalikda ursodeoksixol kislotasi suyuq kristallarining paydo bo’lishi xisobig xolesterin toshlarining erishiga, safro litogenligining kamayishiga va xolatxolesterin indeksining pasayishiga yordam beradi.
Jigar kasalliklari va xolestatik holatlarda Ursodeoksixol preparati zaharli safro kislotalarini siprotektor ursodeoksixol kislotasi bilan almashtirish, gepatositlarning secretor salohiyatini yaxshilash va immunoregulyator jarayonlarini rag’batlantirishi evaziga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Og’izdan qabul qilinganda ursodeoksixol kislotasi oshqozon traktida qulaycha singib, taurin va glitsin kabi aminokislotalar bilan bog’lanadi va safro bilan chiqariladi. Ursodepksixol preparatining faol moddasi safro ichida to’planib, bu to’planish darajasi jigar holatiga bog’liq bo’ladi. Ursodeoksixol kislotasini qabul qilinishi jarayonida lipofilik o’t kislotalar sathining birmuncha pasayishi kuzatiladi. Ursodeoksixol kislotasi ning metobolizatsiyasi asosan ichak yollari va jigarda yuz beradi. Faol moddaning yarim parchalanishi 3,5-5,8 kunni egallaydi.
Qo’llash uchun ko’rsatmalar
I. Manifestli xolestaz bilan sodir bo’ladigan kasalliklar:
Boshlang'ich sklerozan xolangit. Boshlang'ich biliar jigar sirrozi.
O'tkir va surunkali virusli gepatit.
Spirtli ichimliklar ist’emol qilish bilan bog’liq jigar kasalliklari.
Dori –darmonlar bilan bog’liq (gormonlar, sitostatiklar va h.) jigar kasalliklari.
Tug’ma duktopeniya (intragepatik safro yo’llari gipoplaziyasi, Alajil sindromi).
Mukovistsidoz ( kistozli fibroz).
Homiladorlar gepatozi.
Neonatak xolestazlar.
Parenteral oziqlanish bilan bog’liq xolestaz.
II. Manifestli xolestazsiz sodir bo’ladigan kasalliklar(subklinik xolestaz bilan ):
Surunkali gepatitlar, jumladan virusli va spirtli.
Spirtli ichimliklar bilan bog’liq bo’lmagan steatogepatit.
O’t tosh kasalligi.
O’t yollarining diskeneziyasi.
Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagit.
Nospesifik yarali kolit va Kron kasalligi bo’lgan bemorlarda xavfli o’smalar oldini olish.
Qollash usuli
Ursodeoxycholic og'zaki foydalanish uchun mo'ljallangan. Kapsulalarni qabul qilishdan oldin ezish yoki chaynashning keragi yo’q. Kundalik dozasi odatda bir marotabada qabul qilinadi. Dorini kechqurun, uxlashdan oldin , kapsulalarni suv bilan qabul qilish tavsiya qilinadi. Terapevtik samaraga erishish uchun Ursodeoksixol preparati muntazam ravishda qabul qilinishi kerak. Ursodeoksixol bilan davolanish muddati va dozasi shifokor tomonidan belgilanadi.
Xolesterin o’t toshi bilan bemorlarga odatda 1 kg tana og’rligiga 10 gramm Ursodeoksixolning kundalik dozasi ko’rsatilgan.
Davolash muddati 6- 24 oygacha. Ursodeoksixol bilan davolanishdan boshlab 12 oy ichida xolesterin o’t pufagi toshlarining kamayishi kuzatilmasa, davolash to’xtatiladi.
Safro reflyuksi bilan kuzatiladigan gastrit kasalliklarida, bemorlarga odatda, Ursodeoksixol preparatining kunda 1 kapsuladan qabul qilinishi ko’rsatilgan.
Davolash muddati 10- 14 kun. Zarurat tug’ilganda, shifokor davolash muddatini uzaytirishi mumkin.
Boshlang’ich biliar sirrozda, odatda, bemorlarga kunda 1 kg tanaga 14 mg Ursodeoksixol kislotasi ko’rsatilgan. Davolashning dastlabki bosqichida ursodeoksixolning kundalik dozasi uch qismga bo’linib, qabul qilinadi ( bunda, har bir kapsula tarkibida 250 gm ursodeoksixol kislotasi ning mavjudligi inobatga olinadi) uning asosiy qismini kechqurun qabul qilinishi tavsiya etiladi). Ko’rsatkichlar yaxshilangandan keyin, Ursodeoksixolning kundalik dozasi bir marotabada uxlashdan oldin qabul qilinadi.
Boshlang’ich biliar sirroz bilan og’rigan bemorlar uchun Ursodeoksixol preparati bilan davolash muddati cheklanmagan. Ba’zi hollarda, davolash boshlanishida, klinik simptomlarning yomonlashuvi yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda preparatning kundalik dozasi 1 kapsulaga qadar kamaytirilib, bora-bora kerakli terapevtik dozasiga yetkaziladi ( dozaning ko’paytirilishi xaftada 1 kapsula qo’shilishi bilan amalga oshiriladi).
Nojo’ya ta’siri
Ursodeoksixol preparatini qo’llash jarayonida bemorlarda quyidagi nojo’ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:
Oshqozon trakti va gepatobiliar tizimda: jigar sohasidagi og’riqlar ( asosan dastlabki biliar sirroz bilan kasallangan bemorlarda), diareya, jigar fermentlari faolligining tranzitor yuksalishi.
Qarshi ko’rsatmalar
Ursodeoksixol kislotasi va kapsulalar qo’shimcha moddalariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo’lgan bemorlarga Ursodeoksixol bilan davolanish ko’rsatilmaydi.
O’t pufagi va o’t yollarining o’tkir yallig’lanishida, o’t yollaridan o’tish qiyinliklarida, shuningdek, o’t pufagining qisqarish funksiyasining buzilishida Ursodeoksixol preparati bilan davolanish ko’rsatilmaydi.
Radiologik usullar bilan ko’rinishi mumkin bo’lmagan o’t pufagiga ega , shuningdek, o’t toshlari qotgan va sanchiqli og’rig’i mavjud bo’lgan bemorlarga Ursodeoksixol bilan davolash ko’rsatilmagan.
Ursodeoksixol kapsulalarini buyrak va jigar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun qo’llash mumkin emas.
Pediatriya amaliyotida Ursodeoksixol bilan davolash faqat 5 yoshdan katta bo’lgan bolalar uchun ko’rsatilgan.
Homiladorlik
Ursodeoksixol ni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo’llash mumkin emas. Sog'liqni saqlash sabablarga ko'ra Ursodeoksixolni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qo’llash maqsadga muvofiq deb bilinadi. Tug’ish yoshidagi ayollarga ursodeoksixol bilan davolashdan oldin, davolash jarayonida homiladorlikni oldini olish maqsadida kontraseptsiya usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Laktatsiya jarayonida Ursodeoksixol bilan davolash zarurati tug’ilganda, ko’krak suti bilan boqishni to’xtatish masalasini hal qilish ko’rsatilgan.
Boshqa dori vositalari bilan o’zaro ta’siri.
Alyuminiy gidroksid, alyuminiy oksid va magniy silikatni tarkibiga kirituvchi kolestipol, kolestiramin va antacid preparatlar bilan qo’llanganda, ursodeoksil kislotasi singishining pasayish ehtimoli bor. Qo’shib qabul qilish zaruriyatida, ushbu preparatlarni qabul qilish oralig’I 2 soatdan kam bo’lishi mumkin emas.
Ursodeoksixolni qo’shib qabul qilish natijasida siklosporinning ichakka singishi yuksaladi (qo’shib qabul qilishda siklosporinning plazmadagi satxini nazorat qilib, kerakli gida dozasini taqsimlash lozim).
Siprofloksatsinning Ursodeoksixol kislotasi bilan qo’shilganida, uning singishining pasayishining yuzaga kelish ehtimoli bor.
Klofibrat, probukol, bezafibrat bilan qo’llanganda Ursodeoksixol kislotasining davolovchi samarasi birmuncha pasayadi.
Bundan tashqari, peroral kontraseptivlar va estrogenlarni qo’llanuvchi, shuningdek, kletchatkaga boy diyetadan voz kechib, yuqori darajadagi xolesterinli mahsulotlarni iste’mol qiluvchi bemorlarda ursodeoksixol preparati bilan davolanish samarasining pasayishi ehtimoli bor.






























